“Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlashda Oʻzbekiston Respublikasining halqaro shartnomalarni toʻgʻrisidagi qonunining roli va ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya
04.04.2019 9897
2019 yil 4 aprel kuni JIDUning “Diplomatik etiket va protokollar” zalida “Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining huquqiy asoslarini mustahkamlashda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisidagi qonunining roli va ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tarafidan tashkillashtirildi.
Konferensiya maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi tashqi siyosatining xuquqiy asoslarini mustahkamlashda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarni toʻgʻrisidagi yangi tahrirdagi qonunining ahamiyatini ekspertlar darajasida muhokama qilishdan iborat boʻldi.
Barcha ishtirokchilar konferensiyaning yuksak darajasi, foydaliligi va amaliy ahamiyatini qayd etib, mazkur qonunning qabul qilinishi tashqi siyosiy faoliyatining asosiy vositalaridan biri boʻlgan xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini shakllantirish va takomillashtirish xizmat qilishini alohida taʼkidladilar.
Ekspertlar tomonidan xalqaro shartnomalar toʻgʻrisidagi qonuni qoidalari amalga oshirilishi samaradorligini yaxshilashga doir turli xil takliflar ilgari surildi.