14.04.2016 37935

13 aprel 2016 yil JIDU professor-o'qituvchilari va katta ilmiy xodim-izlanuvchilari, mustaqil tadqiqotchilari uchun “Ilmiy maqola yozish qoidalari va uslublari” mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Unda ilmiy maqolaning shakli va mazmuniga qo'yiladigan talablar,      Yevropa Ittifoqi mamlakatlari, xususan Buyuk Britaniya oliy ta'lim muassasalari tajribasi, xorijda nashr etish tartib-qoidalari, maqolaga taqrizlar olish kabi masalalarga e'tibor qaratildi. Mazkur saminar O'zbekistondagi Erasmus+ Milliy ofisi tomonidan shu yil 6 aprelda tashkil etilgan davra suhbati materiallari asosida tashkil etildi.