30.03.2019 10385

”Jahon iqtisodiyoti va menejment” fakultetida 4-kurs barcha talabalari uchun 2019-yil 29-yanvardan boshlab “Loyihalarni boshqarish” fani darslari boshlandi. Darslarni samarali tashkil etish  maqsadida HUMO Partners ta’sischilaridan biri (O’zbek-Xitoy savdo uyi raisi, Xalqaro biznes va texnologiya assotsatsiyasi (AMBiT)  raisi, China Leasing Group, International Business Travel, TechnoPlaza sanoat biznes-markazi, TechnoPlaza Servis Markazi va Western Production Technologies kompaniyalari asoschisi, O’zbekistondagi tadbirkorlarning global tarmog’i (GEN) vakili) Hikmat Abdurahmonov taklif etildi. H.Abdurahmonov Toshkent shahar hokimiyatining jamoat kengashi raisi hamdir.

2-semester davomida “Jahon iqtisodiyoti va XIM” kafedrasi tomonidan tashkillashtirilgan ochiq darslarda asosiy maruzalar bilan bir qatorda tadbirkorlar, menedjerlar, universitet akademik tarkibi, talabalari, magistrlari bilan birgalikda turli xil diskussiyalar o’tkazish rejalashtirildi. Bu kurs doirasida master klass darslarini olib borish uchun Akmal Payziyev (My Taxi, Express24 asoschisi), Nadira Vahidova (Fiori gul biznesi asoschisi), Nodir Gulyamov (JIDU bitiruvchisi, smcfashion.com  asoschisi), Vyacheslav Kan (torg.uz, My way asoschisi), Dilyor Kayumov (JIDU bitiruvchisi,  jahon bozorida loyihalarni boshqarish bo’yicha 15 yillik tajribaga ega)lar taklif qilindi. Shu bilan birga, amaliy dars tashkillashtirish maqsadida barcha fakultet talabalari HUMO Partners bosh kompaniyasiga uyushtirilgan  ekskursiyada qatnashishdi va ular uchun kompaniya to’g’risida prezentatsiya namoyish qilindi.

P.S. Bugungi  kunda  “Loyihalarni boshqarish” kursi menejment yo’nalishida jadal  rivojlanib borayotgan sohalardan biri bo’lib, bu  fan doirasida ko’plab  izlanishlar  natijalari amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Ushbu fan loyihaviy yondashuvni qo’llash orqali tashkilot  faoliyatini ratsionalizatsiyalashga imkon beradi, boshqaruvning turli vaziyatlarida malakali qarorlar qabul qilishga ko’mak beradi.