28.03.2019 9504

2019 yilning 25-mart sanasida JIDU Global Perspective Analytical Forum (GPAF) klubi tomonidan II Global Perspective Analytical Forum Diplomatic Assembly Model United Nations 2019 konferensiyasi o’tkazildi. Konferensiya ikki yo’nalishni qamrab oldi: 1) BMT Xavfsizlik Kengashi simulyatsiyasi; 2) Krizis kengashi simulyatsiyasi. Tadbirda 100 dan ortiq talaba yoshlar qatnashishdi. Konferensiyaning har ikki yo’nalishi doirasida delegatlar va kengash a’zolari faol munozarani saqlab turishdi.

Kun oxirida qatnashuvchilar esdalik sertifikatlar bilan taqdirlanishdi, eng faollari esa tadbir homiylari Lion Motors (Bosh), Ground zero (Rasmiy) va Bek Level (Partnyor) tomonidan esdalik sovg’alar olishdi.