“Xalqaro huquq” fakulteti talabalariga “YURIDA” huquqiy-axborot tizimi kompyuter dasturi o‘rnatib berildi
15.04.2016 37113
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalariga Vatanimiz mustaqilligining 25 yilligi arafasida tuhfa hamda bo‘lajak yurist kadrlar bilimini yanada yuksaltirish, zamon talablariga javob beradigan raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash samaradorligini oshirish maqsadida, Universitet talabalarining kompyuterlariga “YURIDA” MChJ tomonidan maxsus ishlab chiqilgan qonunlar va me’yoriy-huquqiy hujjatlar majmuasidan iborat bo‘lgan ma’lumotnoma shaklidagi “YURIDA” huquqiy-axborot tizimi kompyuter dasturi beg‘araz yordam sifatida o‘rnatib berildi.
Mazkur dastur bazasi 2016-yilning oxirigacha yangilab borilishi nazarda tutilganligini alohida qayd etish o‘rinli, deb o‘ylaymiz.