“Xalqaro huquq” fakulteti talabalarining 30-sonli Mehribonlik uyiga tashrifi
14.03.2019 8690
2019 yilning 6-mart kuni 1-3A-16 guruh talabalari murabbiyi L.A.Abdullayeva boshchiligida Toshkent shahar Yashnobod tumani xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tasarrufidagi 30-sonli yordamchi mehribonlik uyiga tashrif buyurib, Xotin-qizlar bayrami va yaqinlashib kelayotgan Navruz bayrami kuni munosabati bilan tarbiyalanuvchilarga o‘z sovg‘a-salomlarini yetkazdilar. Tadbirni ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi Abdullaeva L.A tashkillashtirdi. Shu bilan birga, kafedra a’zolari mehribonlik uyining 30 ga yaqin tarbiyalanuvchisi, o‘qituvchi va tarbiyachilari, rahbariyati ishtirokida davra suhbati o‘tkazdilar. Kafedra katta o’qituvchisi F.A.Samarhodjayeva, o’qituvchilardan A.A.Tursunova, S.M.Abdullayeva, S.A.Xusanovalar “Kim ko’p she’r aytadi?!” mavzusida viktorina o‘tkazdilar. Bunda tarbiyalanuvchilar o‘zbek, rus, ingliz tilida o’z bilgan she’rlarini aytib berdilar. G‘oliblar sovg’alar bilan taqdirlandi. Bu kabi tarbiyalanuvchilarning beg‘ubor bolalik chog‘larini sermazmun o‘tkazishlari uchun biz o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ulardan g‘amxo‘rligimizni, e’tiborimizni, vaqt va mehnatimizni ayamasligimiz kerak. Umid qilamizki, bunday tadbirlar bardavom bo‘ladi.