JIDUda USAID Dasturi tomonidan "Huquqiy tahlil metodlari" mavzusida seminar oʻtkazildi
04.03.2019 9077
27-28 Fevral kunlari JIDUda USAID Dasturi tomonidan "Huquqiy tahlil metodlari" mavzusida seminar oʻtkazildi. Seminarni Nyu-Meksika Universiteti vakili, 30 yil dekan sifatida faoliyat yuritgan, xalqaro ish tajribasiga ega, professor Ted Parnal olib bordi. Seminarda oʻqituvchilar Amerika huquqiy taʼlim tizimining "IRAC" va "FIRAC" tahlil metodlarini oʻrganishdi. Shuningdek, kichik guruhlarda ham keys stadi va mashgʻulotlar oʻtkazildi.