22.02.2019 10180

2019-yil 20-fevral kuni “Xalqaro huquq” fakulteti talabalari bilan “Yoshlar orasida narkomaniyaga qarshi kurashish” mavzusida Toshkent shahar narkologik dispanseri bo‘lim boshlig‘i Muzaffarova Liliya Javdatovna tomonidan mahorat darsi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mutaxassis yoshlar orasida narkomaniyaga qarshi kurashish, uning oqibatlari dolzarb masala ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Ushbu illat bilan kurash olib borishda sog‘lom turmush tarzi qoidalariga rioya qilish kerakligi, o‘zining taqdiri va yaqinlarining hayotiga mas’uliyat bilan qarashlari muhimligiga urg‘u berildi. Salbiy xolatlar bilan kurashish nafaqat huquqni muhofaza qilish organlari vakillari, balki barcha fuqarolarning burchi ekanligi gapirilib o‘tildi.

O‘tkazilgan tadbir talabalarda katta taassurot qoldirdi.