21.02.2019 10209

12 va 14 fevral kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti 3-kurs talabalari va “Xalqaro savdo va investitsiyalar” kafedrasi tashabbusi bilan  universitet hududida joylashgan “Ecobar”da “Yarmarka loyihasi” o’tkazildi. Ushbu yarmarkada talabalar guruhlarga bo`lindi va har bir guruh o`zi taklif qilgan mahsulotni sotuvga chiqardi. Bu orqali talabalar marketing darsida egallagan bilimlari va sotuv mahoratini bir paytda amaliyotda qo`llab ko`rishdi. Sotuvga qo`yilgan mahsulotlarning turlicha ekanligi universitet talabalarining aksariyatini ushbu yarmarkaga jalb qildi va bu ushbu loyihani qizg`in ruhda davom etishiga turtki bo`ldi.