Press reliz
18.02.2019 9322
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 14-fevral kuni fuqarolik ishi bo'yicha Fuqarolik ishlari bo’yicha Mirzo Ulug’bek tumanlararo sudi sud majlisini o'tkazdi. Sud majlisi universitetning yuridik klinikasi sud zalida bo’lib o'tdi. Sud jarayoni boshlanishidan oldin xalqaro huquq fakulteti talabalari oldida fuqarolik ishlari bo’yicha Mirzo Ulug’bek tumanlararo sudi raisi Rajabov Sherzod Norqulovich sud-huquq tizimidagi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, fuqarolik va fuqarolik protsessual qonunchiligini takomillashtirish uchun o’tkazilayotgan islohotlar to'g'risida nutq so’zladi, Sud raisi talabalarga Fuqarolik ishlari bo’yicha tumanlararo sudining faoliyati to'g'risida ma’lumot berdi.
Fuqarolik ishlari bo’yicha Mirzo Ulug’bek tumanlararo sudi Suleymanov Axror raisligida da’vogar va javobgarning advokatlari va sud hay’ati ishtirokida fuqarolik ishi ko’rildi.
Sud jarayoni yakunlariga ko’ra sudya A.Suleymanov yuridik klinika kuratorlari bilan birgalikda Xalqaro huquq fakultetining yuridik klinika ishida ishtirok etayotgan 2 va 3-kurs talabalari ishtirokida sud protsessual protsedurasini tahlil qilishdi.
Tadbirda talabalar,o’qituvchilar va universitet xodimlari, BMT Taraqqiyot dasturi vakili Guzal Adilova ishtirok etishdi.
JIDU Yuridik klinikasi