14.04.2016 34439

2016 yil 13 aprel kuni murabbiylik soatida Buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag’ishlangan “Buyuk ajdodlar merosi – barhayot” mavzusida badiiy kecha o'tkazildi. Kechada Amir Temurning davlat boshqaruvida bosh mezon sifatida qo'llagan “Kuch - adolatda!” degan shiorida sarkardaning hayoti va faoliyatining butun mazmuni mujassamlashganligiga to'xtalib o'tildi.

Amir Temurning ma'naviy va ma'rifiy ?arashlari uning o'z farzandlari, nabiralari, taxt vorislariga qoldirgan o'gitlari “Temur tuzuklari”da bitilgani ta'kidlab o'tildi.

Kechani universitet rektori A.Djumanov ochib berdi. Sohibqiron A.Temurning hayoti va faoliyatiga to'xtalib o'tdi. So'ng professor R.Farmonov so'zga chiqdi va AmirTemurning madaniyat, san'at, me'morchilik va ilm-fanni rivojlantirishga qo'shgan hissasi to'g’risida batafsil gapirib o'tdi. Amir Temur xotiralariga bag’ishlab talabalar tomonidan tayyorlangan kichik sahna ko'rinishi namoyish etildi. Kecha “Ofarin”musiqa va raqs ansamblining ijodiy chiqishi bilan yakunlandi.