Xalqaro huquq bo‘yicha Filip S. Jessup nomidagi musobaqa
08.02.2019 10905
Xalqaro huquq bo‘yicha Filip S. Jessup nomidagi musobaqa dunyoning turli mamlakatlaridagi bo‘lajak huquqshunos talabalarni o‘zida jamlaydigan eng yirik xalqaro musobaqadir. Ushbu musobaqa Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlaridan biri bo‘lmish BMT Xalqaro Sudining simulyatsiyasi (taqlidi) hisoblanadi. Har yili huquq yo‘nalishidagi ta’lim muassasalari talabalari Xalqaro huquq talabalari assotsiatsiyasi (ILSA) tomonidan e’lon qilingan tasavvuriy huquqiy muammo bo‘yicha o‘zlarining yozma hamda og‘zaki muzokaralari bilan bahslashishadi.
Oltmish yildan buyon Filip S. Jessup nomidagi musobaqa bo‘lajak huquqshunos talabalar uchun yuzdan ortiq turli mamlakatlar hamda yurisdiksiyalarning huquq yo‘nalishidagi muassasalari nomidan qatnashayotgan yetti yuzdan ortiq talabalarni o‘zida jamlagan dunyoning eng yirik musobaqasi bo‘lib kelmoqda.
2019-yilning 6-fevralida ushbu musobaqaning O‘zbekiston saralash bosqichi oxirgi marotaba 2006-yildan buyon mana ikkinchi marotaba o‘tkazildi va unda Toshkentdagi Vestminister xalqaro universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining uch nafar jamoalari O‘zbekiston sharafini AQSHning Vashington shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro o‘yinlarda himoya qilish imkoniyati uchun musobaqalashishdi. Ilk marotaba O‘zbekiston saralash bosqichlarida Xalqaro huquq talabalari assotsiatsiyasi (ILSA)ning ijrochi direktori Lesli Benn ishtirok etdi va musobaqa darajasini yuqori baholadi. O‘ziga xos og‘zaki muzokaralardan so‘ng, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi g‘alaba qozonib, O‘zbekiston nomidan White& Case Xalqaro o‘yinlarida yuzdan ortiq mamlakatlar hamda yurisdiksiyalarining jamoalari bilan bahslashish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Bu universitet tarixidagi ilk g‘alaba hisoblanadi.
JIDU jamoasi Xalqaro huquq fakultetining 5-kurs talabalari Sanjar NORQUVATOV, Sitora RAXIMOVA va Muhammadabdullo JO‘RAYEV hamda magistratura talabasi Aziza SAYDARIPOVA va jamoa murabbiyi Zulfiya GAFUROVAdan tarkib topgan. JIDU jamoasi milliy saralash o‘yinlarida ballardagi katta farq bilan g‘alaba qozondi, shuningdek jamoa vakili Sanjar NORQUVATOV o‘yinning maxsus “Eng yaxshi notiq” (Best Oralist) yutug‘i bilan taqdirlandi.
Universitet ma’muriyati jamoaning mazkur yutg‘i uchun o‘z minnatdorchiligini bildiradi va ular bilan faxrlanadi.