«Xalqaro huquq» fakulteti 1-kurs talabalarining O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga tashrifi
08.02.2019 9492
2019 1-fevral kuni «Xalqaro huquq» fakulteti 1-kurs talabalari uchun O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasiga qonunchilik va vakillik palatasining davlat hokimiyati organlari tizimida tutgan o`rni va roli, uning faoliyati, vakolatlari doirasi bilan tanishish maqsadida «Siyosatshunoslik» fani doirasida bir akademik soat davomida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Q.Jo’rayev tomonidan sayyor ma`ruza tashkil qilindi.
Sayyor maruzada O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining binosining qurilish tarixi, bino loyihasining rivojlanishi, konstruksiyalari va deputatlaring majlislar zali bo`ylab ekskursiyaga bag`ishlandi. O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Apparatining vazifalari, vakolatlari doirasi va har bir qo`mita, fraksiya, deputatlik guruhlari va O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining Kengashining faoliyati atroflicha tasvirlab berildi.
O’tkazilgan sayyor ma’ruza talabalarda katta taassurot qoldirdi.