11.04.2016 32354

2016-yil 9 aprel kuni buyuk bobokalonimiz Amir Temur tavalludining 680 yilligi munosabati bilan JIDU Talabalar turar joyida “Kamolot” YoIH universitet boshlang’ich tashkiloti faol a'zolari Tolipov Diyorbek va Xayitov Islom tomonidan “Shaxmat va Shashka” musoboqasi tashkil etildi.

Musobaqada universitetimizning barcha fakultetlaridan 32 talaba ishtirok etdi. Kuzatuvchi sifatida Ma'naviyat va marifat bo'limi boshlig’i R.Matenov va dotsent A.Rasuleva ishtirok etdi.

Musobaqa natijalariga ko'ra “Xalqaro huquq” fakulteti 2 kurs talabasi J.Qayumov shaxmat va shashka bo'yicha mutloq g’olib deb tan olindi. Shaxmat bo'yicha 2 o'rinni  – “Xalqaro iqtisodiy munosobatlar” fakulteti 5 kurs talabasi Sh.Qudratov egalladi, 3 o'rinni “Xalqaro iqtisodiy munosobatlar” fakulteti 2 kurs talabasi J.Xakimov qo'lga kiritdi.

Shashka bo'yicha 2- o'rinni “Xalqaro huquq“ fakulteti  1 kurs talabasi A.Jabborberganov, 3-o'rinni “Xalqaro huquq“ fakulteti 1 kurs talabasi Sh.Shonazarovlar qo'lga kiritdilar.