09.04.2016 32999

2016 yil 6 aprel kuni murabbiylik soatida barcha fakultet akademik guruhlarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag'ishlangan davra suhbati o'tkazildi. Suhbat davomida Amir Temur – buyuk shaxs, kuragi erga tegmagan sarkarda, yirik davlat arbobi, qonunshunos, talantli me'mor, notiq, ruhshunos, shu bilan birga el-yurtini, xalqini sevgan va uni mashhuri jahon qilgan xalqimiz farzandi ekanligiga e'tibor qaratildi.

Amir Temurning tarixi ko'p jildlik kitoblarda yozib o'tilganligi, “Temur tuzuklari”, Nizomiddin Shomiy, Sharafiddin Ali Yazdiylarning “Zafarnoma”lari, Ibn Arabshohning “Temur haqidagi habarlarda taqdir ajoyibotlari” va boshqa asarlarda keltirilgan sohibqironning ibratli ishlari, pand-nasihatlari va o'gitlari haqida namunalar keltirildi. Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyos ekanligi e'tirof etildi. Suhbatda talabalar va ustoz-murabbiylar mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.