16.01.2019 10936

2018 yilning 14 yanvar kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi hamda 14 yanvar - “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Mardlar qoʻriqlaydi Vatanni” nomli tantanali tadbir tashkil etildi. 

Tadbirda zahiradagi podpolkovnik, harbiy uchuvchi Abdujanov Jumadulla, Ichki ishlar vazirligi akademiyasining 1 bosqich kursanti Baxtiyorov Ulugʻbeklar ishtirok etdilar. 
Tadbir davomida, oʻquvchilar tomonidan Vatan tuygʻusi, Vatan xavfsizligi, sarhadlarimiz daxlsizligini taʼminlayotgan himoyachilarimizni madh etuvchi vatanparvarlik ruhidagi kuy-qoʻshiqlar hamda yangilangan mustahkam armiyamiz faoliyatini ifoda etuvchi chiqishlar va sahna koʻrinishlari namoyish etildi.