01.04.2016 33111

2016 yil 31 mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo'mitasi raisi muovini Zokir Sabirjonovich Umarov va mazkur qo'mitaning a'zosi Dilorom Xusnutdinovna Fayzieva bilan universitetning “Xalqaro huquq“fakulteti talabalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvda parlament quyi palatasining faoliyati, parlamentlararo aloqalarning rivojlanishi va parlament a'zolarining kundalik qonun ijodkorligi ishlariga doir masalalar ko'tarildi. Uchrashuv jonli, qiziqarli muhitda o'tdi. Undagi muhokamalarda yoshlarga oid davlat siyosati, shuningdek, Vatanimizning xalqaro munosabatlariga tegishli bo'lgan diplomatik hamda konsullik xizmatiga doir qonun loyihalarini ishlab chiqish bo'yicha qonunchilik ishlari masalalari ko'rib chiqildi.

Uchrashuv nihoyasida, yuqori martabali mehmonlar universitet talabalarini qiziqtirgan savollarga javob berib, ularga o'qishlarida va kelgusi kasbiy faoliyatlarida katta muvaffaqiyatlar tiladilar.