28.12.2018 11251

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litsey o`quvchilari M.Y.Yuldasheva rahbarligida Toshkent viloyati Bo`ka tumanida joylashgan 15-son mehribonlik uyining tarbiyalanuvchilarini Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularni qalbida Vatanga, insonlarga nisbatan mehr tuyg`ularini yanada oshirish maqsadida tashrif buyurishdi. Tashrif davomida akademik litsey o`quvchilari tomonidan yangi yil bilan bog`liq sahna ko`rinishi namoyish etildi. Tadbirda qatnashgan barcha mehribonlik uyi bolajonlariga yangi yil sovg`alari ulashildi.