15.12.2018 9511

2018-yil 14-dekabr kuni Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktab 6-B sinf o’quvchilari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga  tashrif buyurishdi.  Tashrif davomida Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti  “Xalqaro savdo va investitsiyalar” kafedrasi katta o’qituvchisi Gulbahor Bakoeva hamda Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti  3-kurs talabalari bilan turli hil sport o’yinlari: futbol, basketbol, volleybol o’yinlari; hamda universitet yangi kutubxonasida yosh o’quvchilar o’rtasida “Smart” viktorina o’yini o’tkazildi. Kun yakunida Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktab 6-B sinf o’quvchilari esdalik sertifikatlar bilan taqdirlandi.