15.12.2018 9352

12-dekabr kuni JIDU kutubxonasida “SAP MDH” O’zbekistondagi ofisi direktori, “Top-contact” va “Bookcafe” biznes loyihalari asoschisi – Laziz Adxamov bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv “Xalqaro savdo va investitsiya” kafedrasi va JIDU “biznes laboratoriya” klubi tomonidan tashkillashtirilgan bo'lib, “Master class” tarzida bo’lib o’tdi. Unda JIDUning o’qituvchi va talabalari qatnashishdi. Tadbirkorlik mavzusiga bag’ishlangan uchrashuv so’nggida talabalar o’zlari qiziqqan savollarga javob olishdi.