Xalqaro huquq fakultetining professor-oʻqituvchilari ishtirokida Oʻzbekiston RespublikasiMilliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida mahorat darsi tashkil etildi
13.12.2018 9747
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakultetining professor-oʻqituvchilari Govxerjan Yuldasheva, Azizaxon Xodjayeva hamda Umidjon Abdubannayevlar ishtirokida joriy yilning 12 dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti jamoasi taklifiga binoan “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil instituti faoliyati” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.
Ushbu mahorat darsida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakilning faoliyati va uning huquqiy maqomiga asosiy urgʻu berilib, kursantlar oʻzlarini qiziqtirgan turli savollarga javob oldilar. Tadbir yakunida professor-oʻqituvchilar Oʻzbekiston RespublikasiMilliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti jamoasining tashakkurnomalari biran taqdirlandilar.