13.12.2018 9206

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti 5 kurs talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirokida joriy yilning 12 dekabrida “Diplomatik va konsullik huquqi” fani doirasida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligining Konsullik huquqiy departamentining 1-kotibi Yadgorov Shohrux tomonidan “Konsullik huquqining amaliy masalalari” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.

Ushbu mahorat darsida Oʻzbekiston Respublikasi konsullik faoliyatining amaliy jihatlariga asosiy urgʻu berilib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan turli savollarga javob oldilar hamda amaliy tajriba va koʻnikmalarga egaboʻldilar.