13.12.2018 9477

2018 yil 12 dekabr kuni JIDU bitiruvchisi va hozirda "Green Business Innovation" konsalting agentligining asoschisi Saida Yusupova talabalar uchun JIDUda master-klass o'tkazdilar.

 Saida Yusupova "Yashil texnologiyalarni rivojlantirish bo'yicha xalqaro tajriba" va bu sohada biznes uchun eng istiqbolli yo'nalishlar haqida so'zlab berdilar. Ular chiqindilarni boshqarish, suv tejash va energiya tejamkor texnologiyalar, qayta tiklanadigan energiya manbalari, qurilish, transport va qishloq xo'jaligida yashil echimlar, ekoturizm sohasidagi aqlli echimlar togrisida gapirib otdilar.

Talabalar O'zbekistonda ushbu sohaning rivojlanish istiqbollari haqida savollar berishdi, shuningdek o'z g'oyalarini ham taqdim etishdi.