11.12.2018 14457

Mashhur xalqaro jurnalist, muxbir, reportyor va sharhlovchi  Navbahor Imamova jurnalistika sohasidagi o'z tajribasi bilan o'rtoqlashdi. Uning mahorat-darsi jurnalistning auditoriya bilan muloqot qilish, televizion, onlayn va radioda dolzarb ijtimoiy, mehnat, etnik sohalalariga oid masalalar bilan ishlashning o'ziga xos xususiyatlarini ochib berishga bag'ishlandi. Zamonaviy jurnalistdan ko'plab professional fazilatlarga ega bo’lish, tez va xatosiz matnli xabarlar yozish, suhbat o’tkazish va intervyular olish mahorati talab etiladi. Jurnalist, shuningdek, suratga olish qurilmalari, kamera, video uskunalari bilan ishlash, yoritishning o’ziga xosliklari va effektlaridan foydalanish, montaj va videomateriallar tayyorlash sirlari, tasviriy kadrlar yaratish mahoratiga ega bo’lishi kerak. N.Imamova bo’lajak jurnalistlar va xalqaro munosabatlar mutaxassislariga materiallarni to'plash va tahlil qilish, faktlar, hujjatli va statistik ma'lumotlar, xorijiy auditoriya, muhojirlar, turli ko'mak va yordamga muhtoj odamlar bilan ishlashning o’ziga xosliklari haqida so'zlab berdi.

Tajribali xalqaro jurnalist Navbahor Imamovaning o'ziga xos hislati - o'zbek va ingliz tilini birdek yaxshi bilishida edi, u ikki tilda erkin suhbatlashadi, bexato va professional ravishda yoza oladi. Jurnalist o’zining tarjimai holi haqidagi savollarga javob berib, Toshkent viloyatida to’qqiz farzandli katta o'zbek oilasida tug'ilganligini va oilada sakkizinchi farzand bo’lganligini ta’kidladi. Navbahorning so'zlariga ko'ra, o'zbek oilalarida har bir farzanddan bolaligidan boshlab, ijtimoiy faollik, kirishimlilik va kattalar buyurgan topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashish talab etiladi. “Masalan, men – davom ettirdi u, – amakivachchalarim va tog’avachchalarim, xolavachcha va ammavachchalarim, opa-singillarim, shuningdek, ko'plab xola, buvi, katta buvilarim, jiyanlari va boshqa qarindoshlari bilan ichida katta bo’lganman. Menimcha, O'zbekistonning yarmi mening qarindoshlarim.” Axborot sohasida tajriba almashishga bag’ishlangan ijodiy uchrashuv "Xalqaro jurnalistika" fani doirasida JIDU professori F.I.Mo'minova tomonidan tashkil etildi.