01.04.2016 32412

2016-yil 30-mart kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi hamda “Kamolot” yoshlar Ijtimoiy harakati Markaziy Kengashing Qarori asosida tashkil etilgan “Soliq bilimdonlari” respublika tanlovi o'tkazildi.

Ushbu tanlovda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” va “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” fakultetlari iqtidorli talabalaridan tashkil topgan “Istiqlol elchilari” jamoasi ishtirok etib, faxrli ikkinchi o'rinni egalladi hamda diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

JIDU professor-o‘qituvchilari va talabalari jamoasi “Soliq bilimdonlari” respublika tanlovi g‘oliblarini qo‘lga kiritgan yutuqlari bilan samimiy tabriklaydi hamda ularning kelgusi o‘qishlari va jamoat ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.