06.12.2018 9434

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti 4 kurs talabalari va professor-oʻqituvchilari ishtirokida joriy yilning 5 dekabrida “Islom huquqi” fani doirasida Oʻzbekiston Xalqaro islom akademiyasining katta oʻqituvchisi Ozodbek Sarsenbayev tomonidan “Islomda oila huquqi” mavzusida mahorat darsi oʻtkazildi.

Ushbu mahorat darsida islom huquqida oilaning huquqiy asoslari va undan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlarga asosiy urgʻu berilib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan turli savollarga javob oldilar.