Talim, talabalarning dunyo qarashi va raqamli texnologiyalar
30.11.2018 12804
Raqamli texnologiyalar ommaviy axborot vositalari sohasida mutaxassislarni tayyorlashga yangi talablar qo'yadi. 2018 yilning 24-25 noyabr kunlari "Xalqaro munosabatlar" fakulteti talabalarining bir guruhi "Jurnalistika sohasida ta'lim dasturlari modellari: professional standartlar integratsiyasi" mavzudagi II Xalqaro Forumida ishtirok etdi. Mazkur anjuman Turkiston shahrida Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti tomonidan tashkil etildi.
Forumda faol ishtirok etgan 5-bosqich talabalari Umid Ergashev, Temur Tadjixodjaev, Shahzod Yuldoshov, Gafxar Mirxalilova, Sitorakhon Tursunbayevaga xalqaro sertifikatlar va diplomlar topshirildi.
Ular ommaviy axborot vositalarining yoshlarning ongiga ta'siri, o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, madaniyatlararo munosabatlar va raqamli turmush tarziga bag'ishlangan media vositalardan foydalanish bo'yicha ilmiy maqolalar tayyorladilar.
Shuningdek sho`balarda quyidagi masalalar muhokama qilindi: jurnalistik ta`limga fanlararo yondashuv, media bozorida mutaxassis tayyorlash bo'yicha amaliy ko'nikmalar, jurnalistika fanii o'qitishning kommunikativ trendlari, o'qituvchilar va jurnalistlarning malakasini oshirish borasidagi imkoniyatlar va muammolar.
Xalqaro anjumanda O`bekiston Milliy universiteti, O`zbekiston davlat jahon tillari universiteti va Qoraqalpoq davlat universiteti professor-o'qituvchilar, olimlar, doktorantlar, tadqiqotchilari ishtirok etdilar. O'zbekiston delegatsiyasi rahbari JIDU “Ijtimoiy-siyosiy fanlar” kafedrasi professori Mo'minova Fatima Izatullayevna "Raqamli texnologiyalar davrida yoshlarning madaniyatlararo aloqalari" mavzusida anjuman yalpi majlisda so'zga chiqdi. Konferensiyaning nashr etilgan to'plamida O'zbekiston bir mualliflarining 17 ta ilmiy maqolalari chop etildi. Forum ishtirokchilari Xo'ja Ahmad Yassaviy maqbarasi memorial kompleksiga, qadimgi Otror shahriga (VIIIasr) va Sauran qal'asiga (VI asr) tashrif buyurdilar. Qozoq-turk universitetining talabalari tashabbusi bilan qozoq, turk, o'zbek, qirg'iz va rus tillarida raqslar, qo'shiqlar, she'rlar ijrosi bilan ijodiy kecha tashkil etildi.