Belgiya Qirolligining O'zbekistondagi elchisi J.A.Rejiboning JIDUga tashrifi
27.11.2018 10972
Joriy yilning 27 noyabr kuni Belgiya Qirolligining O’zbekistondagi elchisi Jan-Artur Rejibo Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga tashrif buyurdi.
J.A.Rejibo Universitetning majlislar zalida "Belgiyaning 2019-2020 yillarda BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy bo'lmagan a'zosi sifatida ustuvor yo’nalishlari" mavzuida ma'ruza o'qidi.
Belgiya elchisi boshchiligidagi delegatsiya tarkibidan Moskvadagi Belgiya elchixonasining maslahatchisi G. Rizzo, Iqtisod va savdo masalalari bo'yicha maslahatchisi J. Segers va boshqa rasmiylar joy oldi.
Munozara chog'ida oliy martabali diplomat uchrashuv ishtirokchilarining ko'plab savollariga javob berdi. Shuningdek, u “Brexit” masalasiga doir fikr-mulohazalari bilan ham o’rtoqlashdi.
Uchrashuv yakunida Universitet talabalari Elchi J.Rejibo bilan esdalik uchun suratga tushdilar.