JIDUda "Ijtimoiy kapital - fanlararo tadqiqotlar predmeti" mavzusida ilmiy-amaliy seminar
29.09.2018 22007
2018 yil 28-sentabrda "Iqtisodiyot nazariyasi" va "Ijtimoiy-siyosiy fanlar" kafedralari o'rtasida tuzilgan shartnomaga asosan kafedralararo hamkorlik doirasida tashkil qilingan "Ijtimoiy kapital - fanlararo tadqiqotlar predmeti" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Davra suhbati ishida universitet kafedralarining professor-o'qituvchilari, bakalavriat talabalari va magistrantlar ishtirok etdilar. Ma’ruzalar bilan "Ijtimoiy-siyosiy fanlar" kafedrasi professori Sultanova E.S., Oliy Majlis deputati, "Ijtimoiy-siyosiy fanlar" kafedrasi professori Q.Jo'rayev, "Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi mudiri Tashpulatova L.M, "Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasining dotsenti Juraeva R.A. va boshqalar so’zga chiqdilar.
Davra suhbatida ijtimoiy kapital tushunchasining paydo bo'lishi va rivojlanishi, iqtisodiy o'sishni ta'minlashdagi ijtimoiy kapitalning roli, ijtimoiy kapitalni o'lchash muammolari, ijtimoiy kapitalning mamlakatning xalqaro raqobatbardoshligiga ta'siri, O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda ijtimoiy kapitalning roli kabi masalalar muhokama qilindi.
Davra suhbati ishtirokchilari ma‘ruzalarning dolzarbligi va sifati, shuningdek, ushbu yo'nalishdagi ishlarni davom ettirish zarurligini ta'kidladilar.