12.11.2018 9329

Joriy yilning 9-noyabr sanasida JIDU rahbariyati Koreya xalqaro tadqiqotlar universiteti prorektori, professor Piter Sungwook Lee bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tomonlar Universitetlar o’rtasidagi keng qamrovli hamkorlik masalalari, jumladan, professor-o'qituvchilarni o’zaro tashrif ma'ruzalarini tashkil qilish, o’qituvchi –professorlar hamda ilmiy xodimlar uchun tajriba almashinuv dasturlarini tashkil qilish, hamkorlikda anjumanlar tashkil qilish va talabalar uchun yozgi va qishgi maktablar tashkil etish kabi masalalar  borasida fikr almashdilar.

Shuningdek, koreyalik professoring ma’ruzasi «Xalqaro iqtisodiy munosabatlar» fakulteti talabalarida qiziqish uyg’otdi.