08.11.2018 10034

Joriy yilning 25-28 oktyabr kunlari Qozog’iston Respublikasining Chimkent shahrida joylashgan “Miras” universitetida  dunyoning turli xil davlatlaridan kelgan talabalar ishtirokida xalqaro tashkilot BMT ning modeli doirasida xalqaro konferensiya bo’lib o’tdi. Ushbu anjumanda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti “Xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalari Parmonov Shohrux, Mamaturg’unov Boburshoh va Mamajonov Otabek ham ishtirok etishdi. Konferensiya davomida AQSH, O’zbekiston, Rossiya, Hindiston, Bosniya – Gersogovina, Qirg’iziston, Afg’oniston kabi davlatlardan kelgan talabalar bilan konferensiya davomida birga ishtirok etishdi va fikr almashishdilar. Konferensiya oxirida talabalarimiz faol ishtiroki uchun “Miras” universitetining sertifikatlari va konferensiyaning esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.