OAV uchun materiallar tayyorlash mahorati
08.11.2018 10345
Axborot asrida katta miqdorda bilimga, informatsiyaga ega bo'lgan kishi muvaffaqiyatli bo'ladi. Respublikamizning yetakchi gazetalari va telestudiyalarining tahririyati "Xalqaro jurnalistika" fanini o'rganayotgan JIDU talabalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
"Uzbekistan Today" gazetasining bosh muharriri Ildar Mudarisov xorijiy o'quvchi uchun ma'lumot tayyorlash bo'yicha mahorat darsini o'tkazdi. Ushbu gazeta barcha xorijiy elchixonalar va konsulliklarga tarqatilib ingliz va rus tillarida nashr etiladi hamda zamonaviy O'zbekistonning hayoti to'g'risida turli xabarlar tarqatadi.
"Darakchi" gazetasi bosh muharriri Rustam Jabborov va ushbu nashrning mas`ul xodimlari bilan bo`lib o`tgan uchrashuvda beshinchi kurs talabalari keng ommaviy auditoriya uchun mo`ljallangan gazetaning faoliyati bilan tanishdi. "Darakchi" 80 ming nusxada chop etiladi, u qiziqarli ruknlar ostida materiallar uzatadi va o`z mushtariylari bilan faol muloqotda bo`ladi.
"My 5" va "Toshkent" telekanalining telejurnalistlari ma'lumot bilan ishlash, uning tayyorlanishi va efirga uzatish mahorati haqida talabalarga ma'lumot berishdi. "My 5" da kreativ proyekt-dasturlarni yaratish, kompyuter dizayni va videolavhalarni montaj qilish tajribasi talabalarda katta qiziqish uyg'otdi.
JIDU da "Toshkent" telekanali jurnalisti Tatyana Alievaning ushbu telestudiyada materiallarni dasturlash va tekshiruv jurnalistikasiga oid masalalarini yoritishga bag'ishlangan mahorat-darsi bo'lib o'tdi. Ushbu uchrashuvlarda talabalar Gavhar Mirxalilova, Umid Ergashev, Ulug’bek Abdusalamov, Otabek Akromov, Sitora Tursunbaeva, Kamoliddin Abdullaev va boshqalar qiziqarli savollar berishdi, jurnalistlar ularga hamkorlik qilishni taklif qildi. Ushbu talabalar JIDU “Ijtimoiy va gumanitar fanlar kafedrasi” professori Fatima Izatullayevna Mo'minovaning rahbarligida ommaviy axborot vositalarida chop etish uchun dolzarb mavzular bo'yicha maqolalar tayyorladilar.