Toshkentning tarixiy obidalariga sayoxat
03.11.2018 11770
2018-yil 2 noyabr kuni JIDU “Xalqaro munosabatlar” fakulteti 1-kurs talabalari bilan Toshkentning tarixiy obidalari boʻylab ekskursiya uyushtirildi. Jumladan, “Xasti-Imom” (Abu-Bakr Muxammad Kaffol Shoshiy) masjidi, Koʻkcha daxasidagi “Shayx Zayniddin” joʼme masjidi va Islom Karimov ilmiy-maʼrifiy majmuasi.
Madaniy-maʼrifiy ekskursiya davomida tabalar, qadimiy obidalarning tarixi, bunyodkorlik ishlaridagi meʼmorlar ishtiroki, masjid va gumbazlar peshtoqlariga bitilgan tarixiy yozuvlar, ularning mazmun-moxiyati bilan tanishib, xalqimizning farzandi ulugʻ olim, faqix, mufassir, muxaddis, tilshunos va shoir, Xazrat Imom Abu Bakr Muxammad ibn Ali ibn Ismoil Kaffol Shoshiyning tarjimai-xoli va yashab oʻtgan davrlari xaqida ko`shimcha maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Bunday madaniy-maʼrifiy sayoxatlar xar bir talaba uchun muxim axamiyatga ega boʻlib, ularda vatanparvarlik va milliy iftixor tuygʻularini yanada mustaxkamlayodi.