26.10.2018 11319

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida 2018-yil 23-oktabrda  “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili haqida“gi Qonunning qabul qilinganligiga 29 yil to’lishi munosabati ”O‘ZBEK ADABIYOTI BILIMDONLARI” nomi ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.  O‘zbek va rus tillari kaferdrasi tomonidan uyushtirilgan ushbu tadbirda taniqli shoir va yozuvchi, mohir tarjimon, adabiyotshunos olim filologiya fanlari doktori Ulug‘bek Hamdam ishtirok etdi.

Tadbirni Jahon iqtidodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori Maytyoqub Teshayevish Baqoyev kirish nutqi bilan ochib berdi. Tadbirning badiiy qismi JIDU adabiyotsevarlarining badiiy mutolaa, badiiy so‘zni tushunish, badiiy sahna ko‘rsatish mahorati borasida bellashuv ko‘rinishida o‘tdi. Uch fakultet o‘rtasida o‘tgan mazkur bellashuvda Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti talabalari 1- o‘rinni qo‘lga kiritdilar.

Til bayrami nihoyasida  jamoalar JIDU rahbariyati tomonidan diplomlar  bilan taqdirlandilar. Tadbir bayramona ruhda o‘tdi.