26.10.2018 11695

2018-yil 24-oktyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida BMT tashkil etilganining 73 yilligi munosabati bilan “O’zbekiston–dunyo hamjamiyatida” mavzusidagi ijodiy uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakillari, Universitet professor-o’qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 2 mart kuni BMT a’zoligiga qabul qilinish tarixi, O‘zbekiston Respublikasi BMT sahnasida ilk qilgan qadamlari va hozirgi kunda O‘zbekistonning o‘rni haqida ochiq muloqot tarzida suhbat olib borildi. Shu bilan birga xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti bilan ko‘p tomonlama o‘rnatilgan aloqalar qayd etildi.

Uchashuv yakunlariga ko‘ra talabalarni qiziqtirgan barcha masalalar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan batafsil ma’lumotlar berildi.