Talabalar teatr studiyalari festivali boʻlib oʻtdi
23.10.2018 11880
Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar masalalari boʻyicha respublika idoralararo kengashi majlisining 2018 yil 8 fevraldagi 4-son bayonida joriy yildan boshlab “Yoshlar – kelajak bunyodkori!” shiori ostida “Yoshlar festivallari”ni tashkil etish va oʻtkazish vazifasi belgilangan.
Joriy yilning 18-20 oktyabr kuni “Muqimiy” nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatrida “Yoshlar festivallari” doirasida oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida Talabalar teatr studiyalari festivalining yakuniy respublika bosqichi oʻtkazildi.
Mazkur bosqichda Oʻzbekiston Milliy universitetining “Humo”, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Diplomat”, Qarshi davlat universitetining “Ziyo”, Buxoro davlat universitetining “Fitrat”, Qoraqalpoq davlat universitetining “Jayxun”, Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialining “Nastarin” talabalar teatr studiyalariishtirok etdi.
Festivalning birinchi kunida Oʻzbekiston Milliy universitetining “Humo” jamoasi N.V.Gogolning “Revizor” asari asosida tayyorlagan spektakli, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Diplomat” jamoasi esa A.S.Pushkinning “Onegin” asari asosida ingliz tilida sahnalashtirilgan spektakllari bilan ishtirok etdilar.
Festivalning ikkinchi kunida Toshkent tibbiyot akademiyasi Fargʻona filialining “Nastarin” talabalar teatr studiyalari E.Xushvaqtovning “Qirmizi olma”, Qarshi davlat universitetining “Ziyo” jamoasi esa M.Uygʻurning “Turkiston tabibi” asari asosida sahnalashtirilgan “Tabib” spektakli namoyish etildi va tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.
Suratlar muallifi - Jahongir Shukurov
Manba: Axborot xizmati