Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) O'zbekistondagi koordinatori Jon MakGregorning ma'ruzasi
15.10.2018 11985
Joriy yilning 24 sentabr sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) O'zbekistondagi koordinatori Jon MakGregorning “YXHT va O’zbekiston xamkorligi” mavzuidagi ma’ruzasi bo’lib o’tdi.
Ma'ruza davomida kanadalik mutaxassis Universitet vakillariga YXHT tashkiloting paydo bo’lishi tarixi, uning tashkiliy tuzilmasi va faoliyati ko'lamini haqida atroflicha ma’lumot berdi.
YXHT va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikning zamonaviy holati va istiqbollari haqida to’xtalar ekan, yuqori martabali mehmon YXHT va O'zbekiston terrorizm, ekstremizm va narkotrafikka qarshi kurash, ommaviy qirg'in qurollari tarqalishini oldini olish kabi ko'plab sohalarda amaliy hamkorlikni rivojlantirayotganini ta'kidladi.Tadbirda ta'kidlanganidek, YXHT va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlik Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqarorlikni saqlash maqsadida yanada rivojlanadi.