09.10.2018 11044

Xalqaro munosabatlar fakultetining to'rtinchi kurs talabasi Shaxnoza Shamsuddinova 2018 yil 22-29-sentyabr kunlari Dubay shahrida bulib utgan  "Garvard yetakchilari" dasturida ishtirok etib keldi. U Janubiy Osiyo, Afrika, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mintaqalarining 1750 nafar ishtirokchisi orasida tanlangan 70 nafar ishtirokchidan biri. Dastur rivojlanayotgan mintaqalardagi yoshlarni kelgusida etakchilar bo'lishga ko'maklashishdan iborat. Shu maqsadda Harvard universitetining professorlari bilan bir haftalik dars, shuningdek, biznes, iqtisod, texnologiya va siyosat sohasidagi yetakchi rahbarlar va mutaxassislar bilan ochiq suhbatlar tashkil etildi. Dastur yakunida ishtirokchilarga Garvard universiteti professori tomonidan sertifikatlar topshirildi. Xozirgi kunda SH.Shamsuddinova ushbu dasturning O'zbekistondagi rasmiy elchisidir.