15.09.2018 12776

Oliy taʼlim vazirligining 10.09.2018dagi xatiga asosan, Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonasida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar haftaligi” tadbirida JIDU Xalqaro munosabatlar fakultetining 1 kurs talabalari uchun kutubxona boʻylab tanishuv ekskursiyalari tashkil etildi. U yerda talabalar kutubxonaning boʻlimlari va u yerdagi oʻzlarini qiziqtirgan kitoblar bilan tanishdilar. Kutubxonadagi yangicha sharoit, kompyuterlashtirilgan tizim va Wi-Fi internetning ishlashi talabalarda kutubxonaga boʻlgan qiziqishlarini yanada orttirdi.