05.09.2018 11186

2018-yilning 29-avgust sanasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga Yaponiyaning Nagoya Universiteti talabalari va masʼul professori Miyazaki Tixodan iborat delegatsiya aʼzolari tashrif buyurdi.

Universitet faol talabalari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv chogʻida yapon talabalari oʻzbek xalqining milliy qadriyatlari va madaniyati, mamlakatimizning turizm salohiyati va taʼlim tizimiga oid savollariga atroflicha javob oldilar. Uchrashuv soʻngida, mehmonlarga esdalik sovgʻalari taqdim etildi.