Murabbiylik soatida, barcha akademik guruhlarda “Sog'lom ona va bola yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati o'rganildi
17.03.2016 35992
16 mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida murabbiylik soatida, barcha akademik guruhlarda “Sog'lom ona va bola yili” Davlat dasturining mazmun-mohiyati o'rganildi. Mazkur dasturning bosh maqsadi, ustuvor vazifalari va amalga oshirilishi yo'nalishlari batafsil o'qib eshittirildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan sog'lom avlodni tarbiyalashga, ma'naviy boy, axloqan etuk, intellektual rivojlangan, yuqori bilimli shaxsni shakllantirishga qaratilgan ken ko'lamli chora-tadbirlarni izchil davom ettirish to'g'risida so'z yuritildi. Ushbu dastur yuzasidan talabalar va ustoz-murabbiylar o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.