Universitet jamoasi umumxalq Hasharda
20.08.2018 13368
O‘zbekiston Ekologik harakati hamda OO‘MTV hamkorligida “2018 yil avgust oyida mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi, 18-19 avgust kunlari umumxalq hasharini tashkil etish hamda Qurbon hayitini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi” asosida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Central park” nomli madaniyat va istirohat bog‘ida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti jamoasi tomonidan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi. Umumxalq hasharda universitetning barcha professor-o‘qituvchi va xodimlari faol ishtirok etdi.