16 mart kuni JIDUda “Sil kasalligini oldini olish” mavzusida suhbat tashkil etildi
16.03.2016 35545
2016 yil 16 mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida murabbiylik soatida “Sil kasalligini oldini olish” mavzusida suhbat tashkil etildi.
Suhbatga Respublika salomatlik va tibbiy statistika instituti bo'lim boshlig'i M.X.Kambarova, institutning etakchi mutaxassisi A.X.Shofayzieva hamda Respublika maxsuslashtirilgan ftiziatriya va pulmanologiya tibbiy markaz bosh shifokor o'rinbosari V.G.Belotserkovets taklif etildi. Suhbat davomida talaba-yoshlarga sil kasalligining kelib chiqish yo'llari, belgilari va oldini olish profilaktikasi to'g'risida batafsil ma'lumotlar berildi. Suhbatni universitet Xotin-qizlar qo'mitasi raisi E.S.Sultanova olib bordi. Suhbatda ma'naviyat-ma'rifat bo'limi vakillari, ustoz-murabbiylar hamda “XM” munosabatlar fakulteti 1 kurs talabalari ishtirok etdi.