01.07.2018 12864

2018-yil 30-iyun kuni 2017-2018 o‘quv yilida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tugallagan bitiruvchilarga diplomlar berish marosimi o‘tkazildi. Marosimga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati, universitetning faxriy professor-o‘qituvchilari, talabalarning ota-onalari va yaqinlari tashrif buyurdi.

Tantanali sharoitda 34 ta magistratura va 239 bakalavr yo‘nalishi bitiruvchilariga davlat ramziga ega bo‘lgan diplomlar topshirildi. So‘zga chiqganlar yosh mutaxassislarga shaxsiy hayoti, diplomatik xizmat faoliyatida muvaffaqiyatli va omadli kasbiy o‘sishni tilab qoldi. Bitiruvchilar va ularning ota-onalari tadbirda o‘zlarining minnatdorchilik so‘zlarini izhor etdi.