23.06.2018 15094

2018-yil 21-iyun kuni Toshkent  shahridagi Xalqaro Westminster universitetidagi Harvard room o’quv xonasida Glazgo Universitetining lektori yuridik fanlar doktori Akbar Rasulovning “Jahon savdo tashkiloti doirasida nizolarni hal etish tizimi” mavzusida ochiq ma’ruzasi bo`lib o`tdi. Savol-javob (seminar) shaklida tashkil etilgan mazkur tadbirda JIDU UNESCOning “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi o’qituvchilari V.A. Artikova,  Abdulatova N.B. va «Jessup Summer School»da qatnashayotgan Jessup klubi talabalari faol ishtiroq etdilar. O`tkir mulohazalarga chorlovchi ushbu tadbirda professor-o`qituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar ham qatnashdilar.