GCRF-COMPASS loyihasining rasmiy ishga tushirilishi va Minsk Dialogi Forumi (2018 yil 22-25 may)
28.05.2018 13504
22-may kuni Minsk shahrida - JIDU vakillaridan iborat delegatsiya xalqaro loyiha GCRF-COMPASS (Global muammolarni tadqiq qilish fondi - Sharqiy Qo'shnichilik va Markaziy Osiyoda keng qamrovli salohiyatni oshirish) rasmiy ishga tushirilishida ishtirok etishdi. Loyihaning ochilish marosimi Belarus davlat universitetida barcha hamkor tashkilotlar vakillari, maslahat kengashi a'zolari, GCRF mutaxassisi, Belarus ta'lim vazirligi, parlament, prezident ma'muriyati vakillari va Erasmus + dasturi talabalari hamda Belarus davlat universiteti professor-o’qituvchilari ishtirokida bo'lib o'tdi.
Loyiha va maslahat kengashi a'zolari keyingi kun batafsil muhokamalar va rejalashtirish ishlarini davom ettirishdi.
GCRF-COMPASS loyihasi "Minsk muloqoti" Forumini qo'llab-quvvatladi hamda loyiha a’zolarining ushbu tadbirda ishtirok etishda ko’maklashdi. Forumda 50dan ortiq mamlakatlardan tashrif buyurgan 600 dan ortiq ekspertlar qatnashishdi. "Minsk muloqoti" forumida Belarus prezidenti A.Lukashenko, tashqi ishlar vaziri V.Makey, shuningdek, Evropa Ittifoqi mamlakatlari siyosatchilari nutq so’zlashdi.
GCRF-COMPASS loyihasi Buyuk Britaniyaning Kent universiteti tomonidan muvofiqlashtiriladi va ushbu jarayonda unga Kembrij universiteti ko’maklashadi. Loyiha hamkorlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya (O'zbekiston), Ozarbayjon diplomatik akademiyasi universiteti (Ozarbayjon), Belarus davlat universiteti (Belarus) va Tojik milliy universiteti (Tojikiston).