13.06.2018 14351

2018-yil 6-iyun kuni "Forsayt" uslubini qo'llash asosida "O'zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanishi" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Unda respublika vazirliklari va idoralari mutaxassislari, shuningdek BMTTD ekspertlari ishtirok etdilar. Tadbirda mutaxassislar sifatida "Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar" kafedrasi professori, i.f.d. Sirojiddinov N., hamda, "Iqtisodiyot nazariyasi" kafedrasi mudiri i.f.n. Tashpulatova L. ishtirok etishdi.