«Xalqaro huquq» fakulteti o'qituvchilari umumta'lim maktabida
22.05.2018 14207
Toshkent shahridagi 251-umuta’lim maktabi 10-sinf o’quvchilari va o’qituvchilari bilan davra suhbati tashkil etildi. Uchrashuvda “Xalqaro xususiy va fuqarolik huquqi” kafedrasi dotsenti Z.Ubaydullayev hamda 5-kurs talabasi F.Xalimov ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.
Davra suhbatida tashqi va ichki siyosat sohasidagi O’zbekiston qonunchiligi masalalariga to’xtalib o’tildi.
Davra suhbati yakunida o’qituvchilar va o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar oldilar.