17.05.2018 14049

15-may kuni UWED EcoClub jamoasi “Reduce, Reuse, Recycle” deb nomlangan tadbirni tashkillashtirdi. Ushbu tadbirda ekologiya va atrof muhit muhofazasi Davlat qo’mitasi, Britaniya kengashi va Tashrangmetzavod vakillari va ekologiya sohasidagi yetakchi mutaxasislar qatnashdilar. Tadbirda chiqindilarni ajratib saralash va qayta ishlashga oid dolzarb mavzular, muammolar va yaqin istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. Tadbir davomida chiqindilarni qog’oz, plastik va metalga ajratish uchun maxsus konteynerlar o’rnatildi. Tadbir so’ngida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti va ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qo’mitasi o’rtasidagi hamkorlik ramzi sifatida ko’chat va gullar ekildi. Shu tarzda, UWED EcoGarden bog’ining ochilish marosimi o’tkazildi.