16.05.2018 13351

2018-yil 15-may kuni Tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan, JIDU talabalari va Singapur Milliy Universiteti xalqaro munonosabatlar bo’limi vakili Jasper Tang boshchiligidagi delegatsiyasi uchrashuv bo’lib o’tdi.

 Ushbu uchrashuv davomida JIDU xalqaro bo’limi boshlig’i Q. Yusupov universitetning ta’lim yo’nalishlari, tarkibiy bo’linmalari va tashkil topishi tarixi, shuningdek, universitet bazasida ta’lim dasturlari va fakultetlarini tashkil qilayotgan Lester, Shanxay, Ajou va MDXMI universitetlari bilan hamkorligi borasida olib borayotgan ishlar to’g’risida gapirib o’tdi. Shu bilan birga, uchrashuv davomida mehmonlar O'zbekiston Respublikasida oliy ta'lim sohasida innovatsiyalar haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Uchrashuvdan so’ng, JIDU va Singapur Milliy Universiteti talabalari o’rtasida «networking session» bo’lib o’tdi. Unda studentlar universitetlardagi o’quv jarayoni, talabalar turar joyidagi hayoti va boshqa qiziqarli ma’lumotlarni bir-birlariga so’zlab berdi. Shunningdek, ular esdalik sovg’alar almashinishdi. Umumiy holda, uchrashuv konstruktiv tarzda o'tkazildi.